Qanday ishlaydi

skinbor.uz — CS2 skinlarini so'mda sotib olish va sotish platformasi. Biz skinni yirik xalqaro bozorlardan olib, Steam inventaringizga yetkazamiz — yoki inventaringizdagi skinni sotib olib, pulini balansingizga o'tkazamiz.

  1. 01

    Steam orqali kiring

    «Steam orqali kirish» tugmasini bosing. Kirish Steam'ning rasmiy sahifasida bo'ladi — biz parolingizni ko'rmaymiz va so'ramaymiz.

  2. 02

    Trade havolani kiriting

    Steam → Inventar → Trade takliflari → «Kim menga taklif yubora oladi?» bo'limidagi havolani nusxalab, profilingizga saqlang. Inventaringiz ochiq bo'lishi kerak.

  3. 03

    To'lang

    Skinni savatga qo'shing va Payme, Click yoki balansdan to'lang. Narx to'lov paytida 10 daqiqaga band qilinadi.

  4. 04

    Skin trade taklifi bo'lib keladi

    To'lovdan so'ng skinni sotuvchidan sotib olamiz va u Steam trade taklifi sifatida sizga yuboriladi.

  5. 05

    Steam'da qabul qiling

    Taklifni ajratilgan vaqt ichida qabul qiling — «Buyurtmalarim» sahifasida taymer va «Steam'da ochish» tugmasi bor. Faqat buyurtmangizdagi skin bo'lgan taklifni qabul qiling.

  6. 06

    7 kunlik Steam himoyasi

    Valve'ning Trade Protection qoidasiga ko'ra skin 7 kun davomida himoyada turadi. Bu muddat tugagach buyurtma yakunlanadi.

Skin sotish

Inventaringizdagi CS2 skinlarni skinbor'ga soting — narx darhol ko'rinadi va ariza yaratilganda qotiriladi.

  1. 01

    Inventardan skin tanlang

    «Sotish» bo'limida Steam inventaringiz narxlari bilan ko'rinadi: har bir skin uchun hamkor bozorlardan eng qimmat taklifni tanlaymiz. Trade havola saqlangan va inventar ochiq (Public) bo'lishi kerak.

  2. 02

    Trade taklifini qabul qiling

    Xaridor bozor boti bir-ikki daqiqada sizga Steam trade taklifi yuboradi. «Sotish» sahifasidagi tugma orqali oching, skinlarni tekshiring va Steam Guard'da tasdiqlang.

  3. 03

    Pul balansingizga tushadi

    Steam trade himoyasi (~7 kun) tugashi bilan summa so'mda balansingizga avtomatik tushadi. Undan yangi skinlar xarid qilishingiz mumkin.