Yordam

Ko'p beriladigan savollar. Javob topilmasa, qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

Qanday kiraman? Parolimni berishim kerakmi?
Yo'q. «Steam orqali kirish» tugmasi sizni Steam'ning rasmiy sahifasiga olib boradi. U yerda kirasiz va Steam bizga faqat Steam ID'ingizni yuboradi. Parol, Steam Guard kodlari hech qachon so'ralmaydi.
Trade havolani qayerdan olaman?
Steam'da Inventar → Trade takliflari → «Kim menga taklif yubora oladi?» sahifasiga kiring yoki shu havolani oching. «Trade-URL» maydonidagi havolani nusxalab, profilingizga saqlang. Inventaringiz ommaviy (public) bo'lishi kerak.
Qanday to'lash mumkin?
Payme, Click (Uzcard, Humo, Visa) yoki skinbor balansidan. Balansni oldindan to'ldirib qo'ysangiz, xarid bir bosishda bo'ladi.
Skin qancha vaqtda keladi?
To'lovdan so'ng skinni sotuvchidan sotib olamiz, u Steam trade taklifi sifatida sizga yuboriladi. Jarayonni «Buyurtmalarim» sahifasida jonli kuzatishingiz mumkin.
Trade taklifini qanday qabul qilaman?
«Buyurtmalarim» sahifasida «Steam'da ochish» tugmasini bosing yoki Steam ilovasida Trade takliflari bo'limiga kiring. Taklifni taymer tugaguncha qabul qiling. Faqat buyurtmangizdagi skin bo'lgan taklifni qabul qiling — boshqa taklif va havolalarga ishonmang.
7 kunlik himoya nima?
Valve qoidasiga ko'ra trade orqali kelgan skin 7 kun davomida Trade Protection ostida bo'ladi. Shu vaqtda skin sizniki, lekin bu muddat tugagach buyurtma «Yakunlandi» holatiga o'tadi.
«Siz tomondan amal kerak» degani nima?
Steam akkauntingiz trade qila olmayapti: trade havola eskirgan, inventar yopiq yoki Steam Guard yoqilmagan bo'lishi mumkin. Muammoni tuzatib, profilda yangi trade havolani saqlang — yetkazish avtomatik davom etadi.
Xarid shartlari
To'lov qilish orqali siz ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirasiz: narx to'lov paytida band qilinadi; qabul qilingan va Steam himoyasi tugagan skinlar qaytarilmaydi. skinbor.uz Valve Corporation bilan bog'liq emas.